Bugun ko‘pchiligimizning ish faoliyatimiz bevosita smartfonlar va kompyuterlar bilan bog‘liq. Kechga yaqin ko‘zlar charchaydi, yoshlana boshlaydi, ko‘zlar ravshanligi pasayadi, ko‘zlarning qizarishi esa bizni go‘zal qilmasligi aniq. Bu ko‘zlarning kompyuterdan charchashidir. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatdan gadjetlardan muntazam foydalanuvchilarning 70% dan ortig‘i aziyat chekar ekan. Keling bir ko‘rib chiqaylik: ko‘zlar charchaganda yordam beradigan vositalardan qaysi biri samaraliroq?

3

Ko‘zlarimizga qanday yordam berishimiz mumkin Oftalmologlar astenopiyani (ko‘zlar charchashi sindromi) yangi «epidemiya» deb atamoqda: ofis xodimlari va maktab o‘quvchilarining 92% vaqti-vaqti bilan uning alomatlarini his qilishadi (ko‘p hollarda kompyuter bilan ishlagandan keyin). Ko‘zlar toliqishidan quyidagi alomatlar dalolat beradi: ko‘z oldini parda qoplaydi, buyumlar noaniq ko‘rinadi, yosh oqishi bezovta qiladi, ko‘zlarga qum kirib qolganday his paydo bo‘ladi, ko‘zlarning o‘tkirligi pasayadi. Muammoni keskin hal qilib, texnikadan ba’zida foydalanish – yechim emas. Ko‘zlarning charchog‘ini qanday bartaraf etish mumkin? Tibbiyot xodimlari kompyuter bilan ishlash qoidalariga amal qilishni va ish o‘rnini oqilona tashkillashtirishni maslahat beradi.

1-Qoida. To‘g‘ri ish maromini yaratish zarur. Kuniga umuman 6 soatdan ortiq va uzluksiz 1,5 soatdan ortiq monitor oldida o‘tirmaslik zarur (shu oraliqlarda o‘n besh daqiqalik tanaffuslarni qilish muhim).
2-Qoida. Qulay ish zonasini tashkil qiling. Monitorni ko‘cha chiroqlari yoki stol chirog‘ining shu’lasi tushmaydigan tarzda burib qo‘yish, kichikroq qiyalik hosil bo‘lishi uchun uning pastki chekkasini biroz chiqarish va ko‘zlardan 50-60 sm masofada joylashtirish kerak. Devorlari bir xil oq rangda bo‘lgan ofislarda ko‘zlar kuchliroq toliqadi, chunki ularda qarash mumkin bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Ofis devorlarining rang-barang bo‘lishi ko‘zlar uchun yaxshiroq hisoblanadi.
3-Qoida. Ish stolingizda ko‘zlar toliqishida yordam beradigan namlantiruvchi tomchilar tursin. Uni quyidagi mezonlarga qarab tanlang: ko‘zlar uchun fiziologik bo‘lgan tarkib, yaqqol namoyon bo‘ladigan namlantiruvchi samara, yoshning himoya xususiyatlarini tiklash qobiliyati. Agar Siz kontakt linza taqsangiz, unda tarkibida linzalarni shikastlashi mumkin bo‘lgan tajovuzkor konservantlari bo‘lmagan vositani tanlash lozim. Yana: ko‘zlarning charchashi va zo‘riqishida yordam beradigan uncha qimmat bo‘lmagan tomchilarni topishning iloji bor. Narx-sifatning optimal nisbati – yevropalik ishlab chiqaruvchilarning muhim xarakteristikalaridan biridir.