XIX asr oxirida kontakt linzalarni ixtiro qilgan nemis oftalmologi Avgust Myullerga tasannolar aytamiz! Ko‘zoynaklarga qaraganda linzalarning afzalliklari bir talay: ko‘rish maydoni oshishi hisobidan (ko‘zoynaklarda uni bandlari toraytirib turadi) ular uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik rivojlanishini tormozlaydi, terlamaydi va sinmaydi.

3

Lekin uning ham o‘ziga xos jihatlari mavjud: linzalarni doimiy ravishda taqish butun ko‘z yuzasini qoplab turadigan yosh suyuqligi miqdorining kamayishiga olib keladi. Ushbu muammoni to‘g‘ri parvarish va ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilar bilan hal qilish mumkin. Kontakt linzalardan foydalanuvchilar ularni parvarish qilishning asosiy qoidalarini bilishlari muhim. Har qanday linza, shu jumladan reklamada yechmasdan taqib yurish taklif qilinayotganlarini ham, kechasiga konteynerga solib qo‘ygan ma’qul. Bunday linzalarni faqat shoshilinch vaziyatlarda – poyezdda tunaganda yoki yangi yil kechasida – qoldirish mumkin. Bu holda ham o‘zingiz bilan ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilarni olib yurish kerak. Linzalarni o‘z vaqtida almashtirish juda muhim. Linzalarni pala-partish taqish, chang xonalar, ko‘zlarning infeksion kasalliklari (bu paytda linzada oqsilli qatlamlar paydo bo‘lishi mumkin) ularning xizmat muddatini sezilarli qisqartiradi. Biroq linzalardan to‘g‘ri foydalanganda va parvarish qilganda ham linzalarni muntazam taqib yurish ishlab chiqariladigan yosh miqdorini vaqt o‘tishi bilan kamaytiradi. Yosh yetishmovchiligini to‘ldirish maqsadida ko‘zlar uchun maxsus namlantiruvchi tomchilar yaratilgan bo‘lib, ulardan kontakt linzalarni taqqan paytda foydalanish mumkin. Ayniqsa ulardan ko‘p vaqtini kompyuter oldida o‘tkazadiganlar foydalanishi juda muhim.

Linzalar qanchalik mukammal bo‘lmasin, ish kuni yakunida ko‘zlar kislorod “ochligini” his qiladi, qichishadi va/yoki yoshlanadi. Tarkibida maksimal miqdorda suv bo‘lgan linzalar ham qutqarmaydi. Bir tomondan, ular ko‘zga maksimum kislorod o‘tkazadi – bu ijobiy jihat, boshqa tomondan esa, ayniqsa konditsionerlar ishlaydigan ofis muhitida tez eskiradi va qurib qoladi. Bundan tashqari, linza kislorod bilan birga tashqaridan yog‘, oqsil moddalarini singdiradi, shu bois tarkibida suv 38% dan ko‘p bo‘lmagan linzalarni xarid qilish va ularni ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilar bilan birga qo‘llash ma’qul hisoblanadi. Linzalar taqqanda ko‘zlar uchun eng yaxshi namlantiruvchi tomchilar bir nechta xarakteristikaga muvofiq kelishi kerak: ko‘zlar uchun fiziologik tarkibga, yaqqol namoyon bo‘ladigan namlantiruvchi samaraga ega bo‘lishi, yosh plyonkasining himoya xususiyatlarini tiklashi hamda narx va sifatning optimal nisbatiga ega bo‘lishi lozim.