Ofis xodimlarida sog‘liqlari haqida qayg‘urish uchun sabab yetarli. Kam harakatli hayot tarzi (bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlari bilan), surunkali stresslar, ko‘rish organiga tushadigan doimiy yuklama… Kun yakunida qichishadigan qizargan ko‘zlar yoshlana boshlaydi va ranglarni qiyinchilik bilan ajratadi. Bu muammo ko‘pchilik ofis xizmatchilariga tanish. Biroq, agar profilaktika bilan shug‘ullansa, ish faoliyati ancha yengillashishi mumkin.

3

Nega ofis xodimlarining ko‘zlari ko‘p hollarda qizil va tez-tez yoshlanadi, buni fahmlash qiyin emas. Asosiy sabab – ko‘zlarning monitor oldida doimiy zo‘riqishi, deyarli butun ish vaqti ana shu tarzda o‘tadi. Oftalmolog-shifokorlarning fikricha, vaziyatni konditsionerli quruq havo, chekish, avtomobil haydash, kontakt linzalarni taqish ham vaziyatni yanada chuqurlashtirar ekan. Ofis xodimlari asosan kosmetikadan (har doim ham sifatli bo‘lmagan) foydalanadigan va gormonal kontratseptivlarni qabul qiladigan ayollardan iborat bo‘ladi, bu esa, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rish qobiliyati yomonlashishining qo‘shimcha omillari hisoblanadi. Baxtimizga, har bir zaharga qarshi dori mavjud. Quyida ko‘rish qobiliyati susayishining bir nechta oddiy usullarini keltiramiz.

• Olimlar katta kishi uchun monitor oldida o‘tirishning optimal vaqti – yarim soatlik tanaffus bilan 50 daqiqani tashkil qilishini hisoblab chiqishgan. Har soatda bir marta monitordan ko‘z uzib, ko‘zlar uchun gimnastika qilishni odat qiling.
• Vaqtingiz qanchalik tig‘iz bo‘lmasin, tushlik paytida albatta ko‘chaga chiqing. Toza havo, tabiat bo‘yoqlari va hayot tovushlari sizga quvvat bag‘ishlaydi, shu bilan birga ko‘zlaringiz ham dam oladi, qichishish va yoshlanishdan to‘xtaydi.
• Shifokorlar ko‘zlarni muntazam namlantirish uchun tez-tez ko‘zlarni ochib-yumishni maslahat beradi. Ammo buni har doim esda tutishning iloji yo‘q. Xodimlar va oila a’zolaringizga ko‘zlaringiz doim qizarishi, yoshlanishi, qichishishidan hadeb shikoyat qilavermaslik uchun ularga kuniga bir necha marta yosh pardasining himoya xususiyatlarini tiklaydigan maxsus namlantiruvchi preparat tomizing.